Ukamni dangasaligini qanday yo‘qotsak bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Bu savolni qo‘shnimiz nomlaridan yozyapmiz. Ukalari 1979-yil. 2010-yili ukam birinchi turmushi bilan ajrashdi. Hozirgi kunda ikkinchi turmushi bilan yaxshi yashayapti va 2 farzandi bor. 2010 yili ajrashganidan keyin mutlaqo o‘zidan-o‘zi dangasa bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda ham xech qanday kasb bilan shug‘ullanmaydi. Avvallari Xitoyga, Janubiy Koreyaga savdo bilan chiqib kelar edi. Hozir ishlash haqida gapirsa asabi buziladi, hamma joy boylar va amaldorlar tomonidan olib qo‘yilgan deydi. Umuman ishlamaydi va boqmandi bo‘lib qolgan. Kallasida dunyoni ilmi bor, nimani gapirsang teshib chiqadi ma’lumotlar bilan. Lekin bu ma’lumotlar quruqligicha qolaveradi sababi ishlatilmaydi. Qanday qilib uni ishga jalb qilsa bo‘ladi? Dangasaligini qanday engsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda silai rahm - qarindoshlik aloqalari savob ishlardan hisoblanadi. Lekin bu birovning hisobiga kun kechirishga asos bo‘ladigan holat emas. Shariatimizda shuningdek halol o‘z kasbidan hayot kechirishga targ‘ib qilingan. Hadisi sharifda shunday deyiladi:عن ثور عن خَالِد بن معدان عَن الْمِقْدَام قَالَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَا من طعام يأكل ابن آدم احب الى الله من كسب الرجل بيَدَهِ وإِنَّ أخي دَاوُدَ كَانَ يَأْكُلُ مِنْ كَسْبِ يَدَهِ Savrdan, u Xolid ibn Ma’dondan, u Miqdomdan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Odam bolasi eydigan taomdan Allohga kishi qo‘li bilan kasb qiladiganidan mahbubrog‘i yo‘qdir. Albatta, birodarim Dovud qo‘li bilan qilgan kasbidan er edi". Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat