Lo‘lilar
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda bir kishidan lo‘lilar haqida eshitib qoldim. Uni aytishicha lo‘lilarga jannat harom qilingan ekan. Nima uchunligini so‘rasam, ular qarg‘ish olgan deb aytdi. Aytishicha, qadimda bir payg‘ambarni lo‘lilar oldirmoqchi bo‘lishib, uni gulxanda yoqmoqchi bo‘lishadi. Lekin bunday qilisholmaydi va ikki aka singilni olib kelib u payg‘ambarni ko‘z o‘ngida ular bir biri bilan (aka singil) yaqinlik qiladi. Bunga chidayolmagan payg‘ambar o‘z xohishi bilan olov ichiga kirib ketadi». Shu to‘g‘rimi? Ularga haqiqatdan jannat harom qilinganmi?
2 Biz taraflarda to‘y yoki biron bir xatm bag‘ishlatishsa mulla chaqirishadi. Mulla Qur’on tilovat qilib xatm bag‘ishlab bo‘lib, ketayotganda mullaga bir tugun qilib, non, pul berishadi. Mulla esa buni oladi. Bu Qur’onni pulga sotish emasmi? Buning uchun mulla savobdan mahrum bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bekor gap. 2). Beruvchi nima uchun berayotganiga bog‘liq. Hadyami u, yoki Qur’onning evazimi? Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 23:26 | Savol-javoblar | 164 | Aqiyda