O‘tganlarga savobini bag‘ishlab

Assalomu alaykum! Olti yil oldin otam olamdan o‘tgan. Onamga bir otin oyi agar o‘z farzandlari Fotixa surasini o‘qib oltmish ikki yoki etmish ikki marotaba Ixlos surasini o‘qisa va savobini otasi yoki onasiga bag‘ishlasa albatta savobi o‘sha odamga etib boradi degan ekan. Xar payshanba avval Oyatal Kursini o‘qib savobini barcha o‘tganlarga bag‘ishlab keyin Fotixa surasini o‘qib Ixlos surasini va etimish ikki yoki yuz marotaba o‘qib savobini faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga va otamni ruxiga bag‘ishlayman. Shunday o‘qish qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda falon surani faloncha o‘qisin degan sanoq yo‘q. O‘qisa, savob bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 150 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar