Farzandim yolg‘onlari

Assalomu alaykum! Farzandim juda ko‘p yolg‘on gapiradi, maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirishga turtki bo‘layotgan sabablarni aniqlab, barchasini bartaraf qiling. Yolg‘onning qattiq mazammat qilingan ish ekani borasida oyati karimalar va hadislarni aytib ilm bering. O‘zingiz yoki ayolingizda bu illat bo‘lsa avvalo o‘zingizni isloh qilib oling. Bola ota-onasiga taqlid qilishi uning tabiatida bor. Agar farzandingiz biror yolg‘onchi do‘stiga taqlid qilayotgan bo‘lsa bu ish katta xato ekanini unga ham o‘sha do‘stiga ham uqtirib qo‘ying. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar