Yusuf alayhissalomning akalari haqida

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir domlani "Yusuf alayhissalomning hamma akalari payg‘ambar bo‘lgan" degan gaplarini eshitib qoldim. Bunga dalil deb Yusuf alayhissalom tushlarida akalarining sonichalik yulduzlarni u kishiga sajda qilayotganini ko‘rganliklarini aytdilar va "bu yulduzlar akalariga dalolat qiladi" dedilar. Keyin yana dalil deb akalari bir joyda va’da berib "Payg‘ambarlar va’dasini ustidan chiqish kerak" deyishganini aytdilar. Lekin boshqa hech qaysi domladan xattoki Hazrat rohimahullohdan ham bu haqida eshitmaganman. Yusuf alayhissalomning akalari yolg‘on gapirishganligidan xabarim bor. Lekin aqida kitoblarida hech qaysi payg‘ambarda kotta-yu kichik gunohlar bo‘lmasligi aytilgan. Rostdan ham Yusuf alayhissalomning hamma akalari payg‘ambar bo‘lishganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yusuf alayhissalomni ayni o‘ldirmoqchi bo‘lgan akalari payg‘ambar bo‘lmagan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 189 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar