Valiylar burchi

Assalomu alaykum! 1. Agar mening onam opa-singlim ammam holam avratini berkitmasa men xam gunoxkor bo‘lamanmi? Vaxolangki xammalarining o‘zlarining erlari bor nasixat qilganman. 2. Ota o‘zi namoz o‘qisayu lekin balog‘atga etgan farzandlari benamoz bo‘lsa, hatto kalimani ham bilmasa. Shunaqa otaning qiyomat kunidagi holati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir inson boshqa bir insonni munkar ish ustida ko‘rganida undan qaytarishi zimmadagi farzidir. Uzrsiz ushbu farzni bajarmasa gunohkordir. Shuningdek, rahbar o‘z qo‘l ostidagilar uchun, erkak o‘z oilasidagilar uchun, ayol o‘z erining uyi uchun, xodim o‘z xo‘jayining mulki uchun qo‘shimcha ravishda mas’uldir. Bularda biror munkarga uzrsiz ko‘z yumsa oxiratda bular uchun alohida so‘roq-savolga tutiladi. وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ: الإِمَامُ رَاعٍ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالرَّجُلُ رَاعٍ فِي أَهْلِهِ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالْمَرْأَةُ رَاعِيَةٌ فِي بَيْتِ زَوجِهَا وَمَسْؤُولَةًّ عَنْ رَعِيَّتِهَا، وَالخَادِمُ رَاعٍ فِي مَالِ سَيِّدِهِ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَكُلُّكُمْ رَاعٍ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ». مُتَّفَقٌ عَلَيهِ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qo‘l ostidagilari uchun mas’uldir. Imom mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas’uldir. Erkak o‘z oilasida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas’uldir. Ayol erining uyida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas’uldir. Xodim o‘z xojasining mol-mulkida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas’uldir». Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qo‘l ostidagilari uchun mas’uldir», deyayotganlarini eshitdim». Muttafaqun alayh. Vallohu a’lam!

20 Avgust 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar