Onlayn testlarni ishlash

Assalomu alaykum! Yaxshi o‘qiganimiz uchun tanishlarim online testlarni ishlab ber deb iltimos qilishyapti ularni ortidan sheriklariga pulga ishlab ham beryapman, hozirda biror joyda ishlamayman ilmimdan shunday foydalanib pul topishim halolmi? O‘zim ikki xil fikrni o‘rtasida qoldim pulga ham muhtojman lekin kunim o‘tib turibdi Allohga shukur, o‘qiganlarim ilmim orqali topyapman degan fikr ustunlik qilib shu ishlarni qilyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish siz uchun halol emas. Siz katta fasodni tarqalishiga sababchi bo‘layapsiz. Ularga ishlab berish o‘rniga ilm o‘rgatib haq olsangiz, o‘sha halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar