Bizga bog‘liq bo‘lmagan holat
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Avvalo kelayotgan muborak ramazon oyi bilan tabriklamoqchiman. Alloh taolo bu muborak oydagi barcha va’da qilgan savoblarga erishishlikni nasib qilsin. Ustoz sizga bir savol bermoqchi edim. Savolim: Plastik kartochkalarga har oyda bank tomonidan bizga bog‘liq bo‘lmagan holda plastik kartochkamizda turgan pulimizning oz miqdordagi foizi tushirib boriladi. Bu holat bizga bog‘liq bo‘lmagan holatda ro‘y beradi. Shunday holatda biz shu tushgan puldan foydalansak bo‘ladimi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman! Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday pullarni kambag‘al kishilarga beriladi.
26 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday pullarni kambag‘al kishilarga beriladi.
26 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar