Farishta savobini yozishga toqat keltira olmaydigan zikr

Assalomu alaykum!“Ey Muaz! Kunda nechi marotaba Allohni zikr qilasan? O‘n ming marotaba “La ilaha illallah” debmi? Senga ba’zi kalimalarni o‘rgataman, bu o‘n ming marotaba aytishingdan xam sen uchun osonroqdir. Shunday degin: Allohning kalimalari sanog‘icha La ilaha illallah. Yaratganlari sanog‘icha La ilaha illallah. Arsh’ning og‘irligi qadar La ilaha illallah. Samolar to‘la La ilaha illallah. Bular bilan barobar bularning misli qadar La ilaha illallah. Bular bilan barobar bularning misli qadar Allohu akbar. Bular bilan barobar bularning misli qadar Alhamdulillah. Shunday desang, na bir farishta savobingni yozishga toqat keltira oladi, na bir boshqasi”. Shunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis bor. عَنْ جُوَيْرِيَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَرَجَ مِنْ عِنْدِهَا بُكْرَةً حِينَ صَلَّى الصُّبْحَ، وَهِيَ فِي مَسْجِدِهَا، ثُمَّ رَجَعَ بَعْدَ أَنْ أَضْحَى، وَهِيَ جَالِسَةٌ، فَقَالَ: مَا زِلْتِ عَلَى الْحَالِ الَّتِي فَارَقْتُكِ عَلَيْهَا؟ قَالَتْ: نَعَمْ، قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَقَدْ قُلْتُ بَعْدَكِ أَرْبَعَ كَلِمَاتٍ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، لَوْ وُزِنَتْ بِمَا قُلْتِ مُنْذُ الْيَوْمِ لَوَزَنَتْهُنَّ: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ، عَدَدَ خَلْقِهِ وَرِضَا نَفْسِهِ وَزِنَةَ عَرْشِهِ وَمِدَادَ كَلِمَاتِهِ Juvayriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ertalab bomdodni o‘qishga mening oldimdan chiqdilar. Men o‘z namozgohimda o‘tirgan edim. Choshgohda qaytib kelganlarida haliyam o‘tirgan edim. Shunda u zot: «Oldingdan chiqib ketganimdan beri shu holatda o‘tiribsanmi?» dedilar. «Ha», dedim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga shunday dedilar: «Men sening oldingdan chiqib ketganimdan keyin to‘rt kalimani uch marta aytdim. Agar ular bilan sen bugun aytgan narsalar taroziga solinsa, og‘ir keladi: «Subhaanallohi va bihamdih, ’adada xolqih, va rido nafsih, va zinata ’arshih, va midaada kalimaatih», dedilar».

* Ma’nosi: «Allohga hamd aytib, yaratgan maxluqotlarining adadicha, O‘zi rozi bo‘lgunicha, Arshining og‘irligicha va kalimalarining sanog‘icha poklab yod etaman».
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:45 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar