Vasiyat haqida
Assalomu alaykum! La vasiyata livaarisin (vorisga vasiyat qilish yo‘q) nima degani? Vasiyat deganda nima tushuniladi? ayrim kishilardan Islomda vasiyat mayyit o‘limi paytida aytgan sozlari boladi, sog salomatligida qilgan ishi vasiyat emas, balki tasarruf boladi, deb eshitgan edim, Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mayyitning (merosxo‘rlardan boshqalarga) vasiyatlari, qoldirgan merosning uchdan biri doirasida hech kimning ruxsatiga qaramay bajariladi. Ana shu vasiyatlarni mayyitni kafanlashga etarli mablag‘ni ajratib va uning zimmasidagi qarzlarni ado qilingach amalga oshiriladi. Ammo vasiyatning miqdori merosning uchdan biridan ko‘p bo‘lsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Sa’d ibn Abu Vaqqosga: «...الثُّلُثُ وَالثُّلُثُ كَثِيرٌ، إِنَّكَ إِنْ تَذَرَ وَرَثَتَكَ أَغْنِيَاءَ خَيْرٌ مِنْ أَنْ تَذَرَهُمْ عَالَةً يَتَكَفَّفُونَ النَّاسَ» «...Uchdan biri? Uchdan biri ham ko‘p. Sen merosxo‘rlaringni boy hollarida tashlab ketishing ularni odamlarga yuk bo‘lib, tilanib yuradigan qilib tashlab ketishingdan yaxshiroqdir», degan so‘zlariga ko‘ra, uchdan biridan oshgan miqdorida merosxo‘rlarning roziligini olgandan keyingina bajariladi. قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ اللهَ تَصَدَّقَ عَلَيْكُمْ عِنْدَ وَفَاتِكُمْ بِثُلُثِ أَمْوَالِكُمْ زِيَادَةً لَكُمْ فِي أَعْمَالِكُمْ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarga vafotingiz oldidan amallaringizga ziyoda qilib mollaringizdan uchdan birini sadaqa qildi», dedilar».
«Islom shariatida meros» shayx Muhammad Aliy Sobuniy.
Siz eshitgan gap to‘g‘ri agar sog‘lom vaqtida falon mulkim falonchiga, falon joyim o‘g‘limga yoki qizimga desa bu tasarruf, ammo shu gapni shu vaqtda ya’ni sog‘lom holida (o‘lganimdan keyin) degan so‘zni qo‘shib aytsa u vasiyat bo‘ladi, yoki siz aytganday o‘limdan avval aytsa u g‘am vasiyat bo‘ladi. Endi yuqorida iqtibos keltirgan gapimiz savolingizga javob bo‘lib, uning hikmati shuki merosxor vasiyatsiz ham mayyitning molidan ulush oladi shuning uchun unga vasiyat qilish o‘tmaydi deyilgan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 173 | Boshqa ibodatlar