Tayamum qilib namoz o‘qisam bo‘ladimi?

Assalom-u alaykum! 1. Menda ko‘p yillardan beri qattiq shamollash kasalligi bor. Qadaydir suyuqlik keladi tahoratim buziladi. Bazan 1 tahorat bilan 2 ta namozniyam o‘qiyolaman bazan 1 tasigayam ulgurmayman. Tahorat olib uyga kirgunimcha buzilgan bo‘ladi. Bazida namoz o‘qiyatganimda tahoratim ketganday tuyuladi tugatib qarasam ketmagan bazida ketgan bo‘ladi. Bu holatda namozdan keyin tahoratim ketganini bilib qolsam namozimni qayta o‘qiymanmi? Namoz o‘qiyatganda tahoratim ketganday bo‘lsa namozni to‘xtatishim kerakmi? 2. Men Universitetda o‘qiyman. U joyda namoz o‘qishga qarshilik yo‘q lekin tahorat olishga sharoit yo‘q. Bir ikki marta xojatxonada tahorat qildim lekin negadir ko‘nglim bo‘lmadi. Toza emas. Hojatxonadan chiqib qilay desam kamera bor hijobimni echolmayman. Ham qish kunlari sovuq. Issiq suv topish ham qiyin. Tayamum qilib namoz o‘qisam bo‘ladimi? Yoki hojatxonadagi taxoratim ham qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shubha tufayli namozni buzmaysiz. Agar tahorat buzilgan bo‘lsa qaytadan o‘qiysiz.2). Badanga namozni man qiladigan miqdorda najosat tegmagan bo‘lsa zarari yo‘q. Sizning holatingizda tayammumga ruxsat yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:11 | Savol-javoblar | 167 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar