Taloq mavzusi
Assalomu alaykum! Erim bundan 3 oy oldin 3 taloq deb audio jo‘natdi. Bir masjidga borib so‘rasam “sizga taloq tushgan” deb aytishdi. Mana 3 oy bo‘ldiki xabar olmaydi. O‘rtada farzandim bor. O‘sha kundan beri insof so‘rab oilam tiklanishini so‘rab duo qilaman. Erimdan nolish bo‘lmasinu Alloh kechirsin, lekin u turmishimiz davomida juda ko‘p xiyonat, zino qildi. Shuning uchun ota-onam “Allohdan qo‘rqmagan insonni kutma. Alloh sendan uni ayirgani rost bo‘lsin” deb koyishadi, lekin bitta farzandim bor. Bundanam muhimi erimni yaxshi ko‘raman. Uni qaytib kelishini so‘rab duo qilsam nomahramni so‘rayotgan bo‘lib, gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uch taloq tushganidan keyin birga yashashingiz halol bo‘lmaydi. Chunki taloq uchtagacha ruxsat berilgan, eringiz uchchalasini ham qo‘yibdi. O‘sha so‘zni aytganiga uch hayz o‘tgan bo‘lgan bo‘lsa iddangiz ham chiqibdi, siz boshqa turmush qurishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush