Ustozlarni muhokama qilish

Assalomu alaykum! O‘quv dargohimizda yashirin tarzda savol javoblar bo‘ldi, ya’ni qog‘ozlar tarqatilib unda O‘qtuvchilar haqidagi savolar bor edi va biz o‘quvchilar ularga javob yozishimiz kerak. U savollar orasida qaysi Ustozning darslari zerikarli yoki qaysi ustoz qo‘pol shu kabi savollar ham bor edi. Savolim shundan iborakti, 1-biz bu ishimiz bilan kimnidir g‘iybat qilib qo‘ymadikmi? 2-Ustozlarni hatto hadislarda Otaga tenglashtiriladi va biz qilgan ishimiz bilan ustozlarni muhokama qilishga haqqimiz yo‘q bo‘la turib, muhokama qilganimiz hato emasmi? 3-O‘quv dargohi ma’muriyati bizga albatta ustozlar bilan suhbatlar oborilib ularga tushuntirilish ishlari olib borilishini aytishdi. Lekin kimdir bu kamchiliklarini to‘g‘ri tushunadi lekin kimdir Ko‘ngli ranjishi mumkin. Shu holda biz kimnidir hafa qilgan hisoblanib qolmaymizmi, Ayniqsa bu ustozlar bo‘lsa? 4-Ustozlarni bu tarzda muhokama qilish qanchalik to‘g‘ri? 5-Hech qaysi Islom davlatlarida hali bunday ishlar qilinganligi haqida eshitmaganman. Bu g‘ayridinlarga taqlid bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar tashkil etilgan so‘rovnoma darslar sifatini oshirish va talabalar bilimini yuqori ko‘tarish maqsadida qilinsa, so‘ralgan guvohlikni tug‘ri va rost tarzda berish kerak. Birovga to‘hmat qilish, notug‘ri ayblash yoki maqsad uchun  kerakk bo‘lmagan shaxsiy ayblarini ochish bo‘lmasligi lozim. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar