Balog‘otga etgan bolaning yotog‘ini alohida qilish

Assalomu alaykum! Men oilada katta o‘g‘il farzandman yoshim 19da. Bizning oilada hammamiz kechqurun bir xonada uxlaymiz. Men, onam, opam va singillarim. Ba’zi bir insonlarning aytishicha o‘g‘il bola balog‘atga etgach uning yotoq joyini opa-singillaridan boshqa xonaga o‘tkazish kerak ekan. Lekin qish kunlarida sharoit yaxshi bo‘lmaganligi uchun bizda birgina xona isitiladi va hammamiz shu xona uxlab qolamiz. Bu haqida shariatimizda biror bir ko‘rsatma bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عن عمرو بن شعيب عن أبيه عن جده قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: مروا أولادكم بالصلاة وهم أبناء سبع سنين، واضربوهم عليها وهم أبناء عشر، وفرقوا بينهم في المضاجع . رواه أبو داودAmr ibn Shu’ayb o‘z otasidan, u esa bobosidan rivoyat qiladi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yosh bolalaringizni etti yoshliklarida namoz o‘qishga amr qilinglar. O‘n yoshga etganlarida uning uchun uringlar va yotar joylarini alohida qilinglar”, dedilar. 
Abu Dovud rivoyatiوفي البزازية: إذا بلغ الصبي عشراً، لا ينام مع أمه وأخته وامرأة، إلا بامرأته أو جاريته. اه. فالمراد التفريق بينهما عند النوم خوفاً من الوقوع في المحذور، فإن الولد إذا بلغ عشراً عقل الجماع، ولا ديانة له ترده، فربما وقع على أخته أو أمه .... خصوصاً في أبناء هذا الزمان، فإنهم يعرفون الفسق أكثر من الكبار Bazzoziyada aytiladi: Bola o‘n yoshga to‘lgach onasi, opa-singillari bilan uxlamaydi. Faqatgina o‘z xotini yoki joriyasi bilan uxlashi mumkin. Maqsad, harom ishga qo‘l urib qo‘yishi xavfi tufayli uyqu paytida ularning orasini ajratib qo‘yishdir. Chunki bola o‘n yoshga to‘lgach, jimoni tushunadi va (gohida) uni bundan tiyib turadigan diyonat (taqvo)si bo‘lmaydi. Shu sabab o‘z opa-singlisi yoki onasiga qarata harom ish qilib qo‘yish xatari bor... Xususan, hozirgi zamon yoshlari fisqu fujurni kattalardanda ko‘proq biladilar. (Raddul muxtor). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar