Pul munosabatlari
Assalomu alaykum! Bir do‘stim, o‘zining bir tanishiga savdoga pul beradi 1 oy yoki 40 kun muddatgacha. Masalan 10000 $ beradi, belgilangan kunda tani 10000$ va foydasini 1000$ ni oladi. Har safar yangitdan pulni tanini beradi ma’lum muddatni kelishib olishadi. Shu tarzda davom etishadi. Shu orada do‘stimni ishbilarmon tanishi, katta pul kerak bo‘lib qoldi, kotta savdoga deb, do‘stimdan tanishlaringizga xam ayting, ular bilan kelishib ishlasak debdi, ya’ni odatdagidek 10000$ berishsa belgilangan 30-40 kun ichida tani va foydasini olishga. Endi o‘sha do‘stim mani shu sherikchilik savdosiga taklif qildi, ikki kishi bo‘lib 8000$ berdik, shunda do‘stim aytdiki man topgan savdo sherikchilik ishi bu, shuning uchun ushbu bergan 8000$ ni foydasiga man xam qo‘shman uch kishini o‘rtasida bo‘linadi deb aytdi. Biz xo‘p dedik. Biz rozi bo‘lganimiz u do‘stim uchun foydasidan olishi halol bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi 10000ga 1000 berishni kelishib olish sudxo‘rlik hisoblanadi. Chunki ishlamasdan foydaga sherik bo‘lish uchun pul berishni muzoraba deyiladi. Unda foydani faloncha deb tayin qilib olish joiz emas. Ziyon ko‘rsa ham foyda olaman deb kelishish ham joiz emas. Sizlar iqtisodni biladigan biror ahli ilmga uchrab to‘g‘rilab oling. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar