Qur’on oyatlarini yod olish

Assalomu alaykum! Savolim nojoiz bo‘lsa avvaldan uzr. Quroni Karim oyatlarini yod olishda biroz qiynalganimni eshitgan dugonam “kolbasa iste’mol qilmagin shunda oson bo‘ladi” deb maslahat berdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Umuman oyatlarni yodlash uchun iste’molda ham cheklashlar bo‘lishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson egan narsalardan tashkil topadi. O‘sha tashkil topyotgan narsa haloldan bo‘lsa, dunyodagi yashashi ham, oxiratdagi joyi ham yaxshi bo‘ladi. U narsaga harom aralashsa, bu dunyodagi holati ham, oxiratdagi maqomi ham yomon bo‘ladi. Iste’mol qilingan narsa harom yoki shubhali bo‘lsa tezdan tavba qilish shart. Tavba har qanday nopoklikni poklaydi. Inson o‘zining Qur’on yodlashi uchun emas farzandlarini qori bo‘lishi uchun ham bu narsalarga e’tibor qaratishi kerak.  Ayol homiladorlik va emizish davrida taomining pokiza bo‘lishi bilan birga quloq va ko‘z tarafidan kiradigan ma’lumotlarni ham pokizasini qabul qilishga harakat qilishi kerak. Chunki homila taomdan nasibador bo‘lganidek ota-ona qabul qilayotgan ma’lumotlardan ham nasibador bo‘ladi. Shuning uchun doimiy Qur’oni karim eshitib va o‘qib yuradigan ayollarning farzandlari Qur’on yodlashlari oson bo‘ladi. Chunki ular eng pokiza davrlarida qalbi va miyasiga ona tarafidan yozib qo‘yilgan bo‘lib, o‘zining o‘qishi o‘sha narsani qayta esga olishi bo‘ladi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar