Olayotgan pulim xarommi ?

Assalomu alaykum! AQSh logistika soxasida dispecher bo‘lib ishlayman. Xamkasblarim bor, AQShda yuk mashinasi xaydovchilariga yuk olib beramiz, umumiy foydani bo‘lishamiz. Kompaniyamizda yuk mashinasini boshqaradigan yolg‘iz lekin kuchli xaydovchilar bor. Xamkasblarim o‘sha xaydovchilarga yuk olishayotganda o‘rtadagi brokerga "Bizda bir yuk mashinasida ikkita xaydovchi bor" deb yuk olishadi. Savolim, shu yolg‘on qo‘shib olishayotgan yuklardan men o‘z hissamni olsam, yolg‘on aralashgani sabab u pullar harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on aralashgan ish bo‘ladi, yolg‘on esa katta gunohlardan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:06 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar