Alloh osonda desa kufr bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Xalqimiz orasida Alloh tepada, ko‘kda, osmonda degan gaplar bor bolaligimizdan eshitib ongimizga singib ketgan. Aqida kitoblarini o‘qiganimda Alloh zamon va makonga muhtoj emas deb o‘qidim. Bizni avvalgi bu tushunchamiz hato ekan. turmush o‘rtog‘im ham bolalarimga Alloh osmonda hammamizni ko‘rib turibdi deb o‘rgatadilar. Men esa zamon va makonga muhtoj emasligini yaxshi anglab anglamay ho‘jayinimga Alloh hamma joyda biz bilan debman. O‘ylamay gapiribman, yana hammasini tushunib etgan bo‘lsam ham tilim o‘rganib qolganidanmi yoki etiborsizlik qilib duolarimda ko‘kdagi Xudoyim deyman bu kufrmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  "Osmonda" deganda "o‘tiribdi" deganga o‘xshash so‘zlar qo‘shilmagan bo‘lsa, va U zotni hamma narsadan oliy degan ma’noni ifodalamoqchi bo‘lib shunday deyilgan bo‘lsa, faqat xato gap gapirilgan bo‘ladi.
Agar "osmondan joy olgan"  degan ma’noda aytilgan bo‘lsa, bunday masalalarda
ulamolar ikkita xolatni istisno qilishgan:
1. Kishi islomga endi kirgan bo‘lsa;
2. Ulamolardan uzoqda yashagan bo‘lsa.
Agar mana shulardan birortasiga tushsa, insha Alloh amallari ham, nikohlari xam o‘rnida turgan bo‘ladi. Endi istig‘forni ko‘p aytishni vazifa qilib oling. Ko‘kdagi Robbim deb duo qilish mumkin emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:06 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar