Otaning qarg‘ishi

Assalomu alaykum! Bir ota farzandlariga xech qanday nafaqa bermaydi, farzandlari och- naxor yuradi. O‘sha otaning qarg‘ishi o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona har qanday holatda ham o‘z maqomlarida turadi. Sizlarni dunyoga kelishlaringizga sababchi bo‘lganlari o‘zi ehtirom qilishlaringizga kifoya qiladi. Sizlar o‘z farzandlik burchlaringizni ado qilinglar, ular o‘zlarini qilganlariga o‘zlari javob berishadi. Nohaq qarg‘isa, o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:06 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar