So‘galli ota qabri va qabrdan tuproq olish

Assalamu alaykum va roxmatullohi va barokatux, muhtaram Hazrat!Farzandimning qo‘lidagi so‘gallar bir necha jarrohlik muolajasidan keyin ham tuzalmagach bir shifokor maslahati bilan So‘galli ota qabristoniga borib, o‘sha shifoli deb atalgan loydan shifosi Allohdan degan niyat ila oldim. Birinchi borishim va qabrdan birinchi marta tuproq olish haqida eshitganim, hamda So‘galli ota shaxsi haqida ma’lumot topolmaganimdan ba’zi savollar paydo bo‘ldi. U erda bir domla tomondan ehtimom bilan marmar tosh qo‘yilgan ekan.1) U erdagi qabr yonida kichik yosh daraxtda kishilar kelib, iplar bog‘lab ketishgan ekan. Odatda bunday ishni ilmsiz ayollar va ularga ergashgan erkaklar qilishadi va bunda shirkning alomatlari qalashgan bo‘ladi. Shunga ko‘nglim xijil bo‘ldi. Qabr egasi haqqiga tilovat qildim. Kechasi kelib shu tasbih aytishi boisidan ekilgan, lekin kishilarning shirki tufayli shirkdan ozor ko‘rgan va o‘zi istig‘forga muhtoj bu daraxtni kesib tashlasammikan, degan fikr keldi. Shunday shirklar bo‘ladigan joydagi daraxtni kessa yaxshi emasmi? (Axir Hazrat Umar roziyallohu anhu Xudaybiyadagi Rizvon bay’ati shohidi bo‘lgan daraxtni shirk sababidan kestirmadilarmi?)2) O‘sha joydagi holatni juda yomon ko‘rsam ham, So‘galli ota kim bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘zi hozir ojiz va muhtojligini bilib turib, faqatgina loyida shifo sababi bo‘lishi mumkin deb, mening qalbimdagini mendan yaxshi bilgan Allohdan shifo umidida u loydan uyimga olib keldim. Qabrdan tuproq olish va o‘zi bilan olib ketish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Daraxt haqidagi mulohaza to‘g‘ri.2. Mumkin emas.

27 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar