Qazo ro‘zasini tutayotib bilmay choy ichib qo‘ysa
Assalomu alaykum! Qazo ro‘za tutib bilmay choy ichib qo‘ysa nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech narsa bo‘lmaydi. Ro‘zani davom ettirilaveradi. عَنِ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ نَسِيَ وَهُوَ صَائِمٌ فَأَكَلَ أَوْ شَرِبَ فَلْيُتِمَّ صَوْمَهُ، فَإِنَّمَا أَطْعَمَهُ اللهُ وَسَقَاهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: مَنْ أَكَلَ أَوْ شَرِبَ نَاسِيًا فَلَا يُفْطِرْ، فَإِنَّمَا هُوَ رِزْقٌ رَزَقَهُ اللهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ro‘zadorligini unutib qo‘yib, esa yoki ichsa, ro‘zasini batamom qilsin. Uni Alloh ediribdi, ichiribdi, xolos», dedilar.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Termiziyning rivoyatlarida:
«Kim unutib eb-ichsa, og‘zini ochib yubormasin. Bu Alloh uni rizqlantirgan rizq, xolos», deyilgan.
Sharh: Islom shariatining umumiy qoidasi bo‘yicha, esdan chiqarib sodir etilgan har bir xato kechiriladi. Bu qoida ro‘za borasida ham joriy etiladi. Inson gohida, ayniqsa, Ramazoni sharifning birinchi kunlarida o‘zining ro‘zadorligini unutib qo‘yishi tabiiy bir hol. Shuning uchun esdan chiqqan holda biror narsa eb yoki ichib qo‘ysa, ro‘zasi ochilgan hisoblanmaydi. Balki eslagan zahoti o‘zini eyish-ichishdan to‘xtatadi va ro‘zasini davom ettiraveradi. Mazkur qoidaga hech kim xilof qilmagan.
Bu ham Islom dinining engillik dini ekanligiga yorqin bir dalildir. Insondagi bor zaifliklarni yaxshi bilgan Alloh taolo shariat hukmini joriy qilishda mazkur zaifliklarni hisobga olib qo‘ygan. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Ismingizni Abdulmannonga o‘zgartiring. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 131 | Dolzarb savollar