Hurmo
Alloh taolo Qur’oni karimning quyidagi oyatlarida xurmoni zikr qilgan. "Biz osmondan barakotli suv — yomg‘ir yog‘dirib, tizilgan (mevali) novdalari bo‘lgan baland hurmolarni undirib-o‘stirdik" (Qof surasi, 10 oyat). "Mevalari g‘arq pishgan xurmo daraxtlari ichida qo‘yib qo‘yilurmisiz (ya’ni, shunday nozu ne’matlardan foydalanib mangu yashayveramiz, deb o‘ylaysizlarmi)?!" (Shu’aro surasi, 148 oyat). Assalomu alaykum! – Omir ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kuni tongda ajvadan ettita esa, o‘sha kuni unga zahar ham, sehr ham zarar qilmaydi», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati. – Salmon ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qachonki biringiz iftor qilsa, og‘zini xurmo bilan ochsin. Chunki u barakadir. Kim topmasa, suv bilan ochsin. Chunki u poklovchidir», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyati. – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: – «Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaninglar, agar topa olmasanglar, hech bo‘lmasa shirin so‘z bilan», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyati). Bunda qaysi Hurmo nazarda tutilgan? odatda biz Ramazon oyida eydigan Hurmo mi Arab erlarida pishib etiladigan? yo hurmoni hamma turi nazarda tutilganmi bizada pishadigan va boshqalar bu Qur’on va Hadisda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Arab erlarida pishgan hurmoning har qanday navi va qaerda bo‘lsa ham o‘shalar nazarda tutilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Arab erlarida pishgan hurmoning har qanday navi va qaerda bo‘lsa ham o‘shalar nazarda tutilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim