Jamoatdagi vaziyat

Assalomu alaykum! Ko‘p ko‘ramiz juma namoziga ko‘p odam keladi. Lekin xamma kelishi bilan ichkariga kiradi joy bo‘lmasaxam kiraveradi natijada odam sajda qiladigan joyga utiradi, u odammi shimi qanaqa, paypog‘lari tozami degan gumon keladi xayolga, gapiraman desam dilini og‘ritkim kemidi. Naxotki mumkun bo‘lsa shunaka odam to‘g‘risiga kelib utirib olish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonlar haqida yaxshi gumonda bo‘lish kerak. Hech kim masjidga nopok kiyim kiyib kelmaydi. Siz aytgan holat juma namozlarida ko‘p uchraydi. Albatta mo‘minga aziyat etkazish gunoh. Ammo har kim ham o‘zini mazlum deb hisoblayvermasdan insonlarning amaliga biror uzr topib, kechirib yuboraverishi kerak. Joy bo‘lmasa ham xonaqohga kirib kelaveradiganlar ko‘chada qor yoki yomg‘ir yoki jazirama issiq tufayli o‘zini ichkariga urgan bo‘lishi mumkin. Ichkaridagilar o‘zlarini biroz yig‘ishtirib o‘tirsalar o‘sha namozxonlarga ham joy topiladi. Gohida esa avvalgi qatordagilar zich bo‘lib joylashib olmaganlari tufayli farzga iqomat aytilgan mahalda xonaqoh oxirgi safi bo‘shab qoladi. Shularni ham e’tiborga olish kerak. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 16:51 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar