Shu xadis to‘g‘rimi
Assalomu alaykum! «(V svoyo vremya) lyudi iz plemeni ‘ukl (ili: ‘urayna) priexali v Medinu, gde pochuvstvovali nedomoganie iz-za eyo klimata. Prorok, da blagoslovit ego Allax i privetstvuet, velel im (v techenie kakogo-to vremeni) pit mochu[2] i moloko (doynыx verblyudits). Oni otpravilis, (kuda im bыlo skazano,) a kogda vыzdoroveli, ubili pastuxa proroka, da blagoslovit ego Allax i privetstvuet, i ugnali (ves) skot(, kotorыy on pas. V Medine) ob etom uznali v nachale dnya, i (prorok, da blagoslovit ego Allax i privetstvuet,) otpravil za nimi (pogonyu). K poludnyu ix uje priveli (v Medinu, i prorok, da blagoslovit ego Allax i privetstvuet,) velel otrubit im ruki i nogi[3], ( a krome togo,) im vыjgli glaza (kalyonыm jelezom) i brosili na xarre[4], gde oni prosili napoit ix, no nikto ne dal im vodы». Shu xadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih, “Sahihul Buxoriy”da kelgan. * Ukl va Urayna arab qabilalaridan. Ularning sakkiz-o‘n nafar vakili Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, musulmon bo‘lganlarini aytib, bay’at qilishadi. Keyin qattiq kasal bo‘lib qolishadi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga shahar tashqarisidagi havosi tozaroq joyga, davlat hisobidagi tuyalar boqilayotgan dalaga chiqishni buyuradilar va o‘sha tuyalarning suti va peshobini ichishni tavsiya qiladilar. Kasallari tuzalgach, ular xiyonat yo‘lini tutib, dindan qaytishadi va podachini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishadi. Ular qilingan muruvvatga ana shunday javob qaytarishgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni tutib kelib, boshqalarga ibrat bo‘ladigan tarzda qasos olishni buyuradilar. Ular podachini qanday o‘ldirishgan bo‘lsa, o‘zlari ham shunday jazoga tortilishadi. حَدَّثَنِي عَبْدُ الْأَعْلَى بْنُ حَمَّادٍ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، حَدَّثَنَا سَعِيدٌ، عَنْ قَتَادَةَ، أَنَّ أَنَسًا رَضِي اللهُ عَنْهُ حَدَّثَهُمْ: أَنَّ نَاسًا مِنْ عُكْلٍ وَعُرَيْنَةَ قَدِمُوا الْمَدِينَةَ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَتَكَلَّمُوا بِالْإِسْلَامِ فَقَالُوا: يَا نَبِيَّ اللهِ، إِنَّا كُنَّا أَهْلَ ضَرْعٍ، وَلَمْ نَكُنْ أَهْلَ رِيفٍ. وَاسْتَوْخَمُوا الْمَدِينَةَ، فَأَمَرَهُمْ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِذَوْدٍ وَرَاعٍ، وَأَمَرَهُمْ أَنْ يَخْرُجُوا فِيهِ، فَيَشْرَبُوا مِنْ أَلْبَانِهَا وَأَبْوَالِهَا، فَانْطَلَقُوا حَتَّى إِذَا كَانُوا نَاحِيَةَ الْحَرَّةِ كَفَرُوا بَعْدَ إِسْلَامِهِمْ، وَقَتَلُوا رَاعِيَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَاسْتَاقُوا الذَّوْدَ، فَبَلَغَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَبَعَثَ الطَّلَبَ فِي آثَارِهِمْ، فَأَمَرَ بِهِمْ فَسَمَرُوا أَعْيُنَهُمْ، وَقَطَعُوا أَيْدِيَهُمْ، وَتُرِكُوا فِي نَاحِيَةِ الْحَرَّةِ حَتَّى مَاتُوا عَلَى حَالِهِمْ. قَالَ قَتَادَةُ: بَلَغَنَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعْدَ ذَلِكَ كَانَ يَحُثُّ عَلَى الصَّدَقَةِ، وَيَنْهَى عَنِ الْمُثْلَةِ. {قَالَ أَبُو عَبْدِ اللهِ:} وَقَالَ شُعْبَةُ وَأَبَانُ وَحَمَّادٌ: عَنْ قَتَادَةَ: مِنْ عُرَيْنَةَ. وَقَالَ يَحْيَى بْنُ أَبِي كَثِيرٍ وَأَيُّوبُ: عَنْ أَبِي قِلَابَةَ عَنْ أَنَسٍ: قَدِمَ نَفَرٌ مِنْ عُكْلٍ Qatodadan rivoyat qilinadi, Anas roziyallohu anhu ularga shunday so‘zlab berdi:
«Ukl va Uraynalik bir guruh odam Madinaga, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, Islomga kirganlarini aytishdi. «Ey Allohning Nabiysi, biz chorvadorlarmiz, ekin-tikinchilardan emasmiz», deyishdi. Madina havosi ularga yoqmay, kasallanib qolishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni bir podachining oldiga chiqib, tuyaning suti va peshobidan ichishni* buyurdilar. Ular yo‘lga chiqishdi. Harraning chekkasiga etishgach, musulmonliklaridan qaytib, kofir bo‘lishdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning podachilarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etgach, ularning izidan izquvar jo‘natdilar. U zot buyurdilar, ularning ko‘zlariga mil tortildi, qo‘llari kesildi. O‘zlari Harraning chekkasiga tashlab qo‘yildi, nihoyat o‘sha ahvolda o‘lib ketishdi».
Qatoda aytadi: «Bizga etib keldiki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘shandan keyin sadaqaga qiziqtirgan, musladan qaytargan ekanlar».
Abu Abdulloh aytadi: «Shu’ba, Abon va Hammod Qatodadan qilgan rivoyatda: «Uraynadan», deyilgan. Yahyo ibn Abu Kasir va Ayyub Abu Qilobadan, u Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Ukldan bir guruh kishilar kelishdi...»** Tuyaning peshobini ichish haqida ulamolar turli fikrlar aytishgan. Ba’zilar hadisdagi hukmni umumiy deb aytsa, boshqalar uni o‘sha kishilarga va davrga xos hukm deydi. Eng mo‘’tabar gap shuki, agar kasallikning shundan boshqa muolajasi bo‘lmasa, ichish mumkin.Izoh: Qatodadan qilingan boshqa bir rivoyatda mazkur kelgan guruh Urayna qabilasidan deb aytilgan bo‘lib, Ukl haqida gap yo‘q ekan. Abu Qiloba qilgan rivoyatda esa kelgan guruhning Ukldan ekani ta’kidlanib, Urayna haqida aytilmagan ekan. Muallif bu erda shu ma’noni anglatmoqchi. (Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar