Duo qilib chiqish
Assalomu alaykum! Har safar uydan chiqib ketayotib “Robbi inni limaa anzalta ilaya min xoyrin faqir» deb duo qilaman. Lekin hozir omad mendan yuz o‘girdi. Men biron narsada adashdimmi? Qaerda adashdim deb har kuni o‘zimni hisob qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ 155. Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber. 156. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir. Katta mas’uliyat qiyinchiliklarini ko‘tara olish uchun turli sinovlardan o‘tish kerak. Inson qiyinchiliklarda, sinovlarda toblanadi. Ushbu oyatda o‘sha sinovlardan ba’zilari sanalgandir. «Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz». «Xavf» deganda dushmandan bo‘ladigan xavf-xatar tuyg‘usi tushuniladi. Qahatchilik yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan ocharchilik ham Alloh taoloning bir navi sinovidir. Shuningdek, «Mol-mulkka o‘g‘ri urishi, ofat etishi yoki zolimlarning tajovuzi tufayli nuqson etkazib; jonga turli xastaliklar bilan, yaqin kishilarning, yor-birodar va sheriklarning o‘limi, kasalligi bilan nuqson etkazib; mevalarga ofat etkazish, barakasini ketkazish bilan nuqson etkazish ila sinab ko‘ramiz», – deydi Alloh taolo. Boshga shunday sinov kelgan, musibat etgan banda nima qilsa yaxshi bo‘ladi? Bu haqda Alloh taolo Payg‘ambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, ko‘rsatma bermoqda: «Va sabrlilarga xushxabar ber. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir». Demak, musulmon kishi musibat etganda sabrli bo‘lishi va Janobi Haqning O‘zi o‘rgatgan duoni qilishi kerak. Bu duo Qur’on tilida: «Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’uun», deb talaffuz etiladi. Buni aytish qisqacha «istirjo’» deyiladi. E’tibor qilinsa, istirjo’da ulkan ma’no yotibdi. «Albatta, biz Allohnikimiz…» ya’ni «Barchamiz, bor-budimiz Allohniki, haqiqiy ega Uning O‘zi. Nimani qachon qanday tasarruf qilishni O‘zi biladi». «…va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», ya’ni «Ertami-kechmi, baribir, Unga qaytishimiz bor. Bizga etib turgan musibat ham Uning O‘zidan. Biz sabr qilishimiz lozim va shunday qilamiz ham». Shu bois, istirjo’ga ko‘p-ko‘p savoblar va’da qilingan. Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama onamiz deydilarki: «Bir kuni Abu Salama Nabiy alayhissalomning huzurlaridan keldi-da: «Nabiy alayhissalomdan bir gap eshitib, juda xursand bo‘ldim, u kishi: «Musulmonlardan biriga musibat etganda istirjo’ aytsa va so‘ngra «Allohumma ajirni fiy musibati vaxluf li xoyromminha (Allohim, menga musibatimda ajr bergin va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin)» desa, aytgani bo‘ladi», – dedilar», – deb aytdi. Men bularni yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo’ aytdim va haligi duoni o‘qidim. So‘ngra o‘zimcha «Menga Abu Salamadan yaxshiroq er qayda», – dedim. Iddam chiqqanidan so‘ng Rasululloh kelib, kirishga izn so‘radilar. Teri oshlab o‘tirgan edim, qo‘limni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig‘i to‘latilgan teri yostiq berdim. O‘tirganlaridan so‘ng menga uylanmoqchi ekanlarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men: «Ey Allohning Rasuli, sizga rag‘bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa mendan sodir bo‘lib, Allohning azobiga duchor bo‘lmay, deb qo‘rqaman. So‘ngra yoshim katta bo‘lib qoldi, buning ustiga, bolalarim bor», – dedim. Rasululloh alayhissalom: «Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to‘g‘risida gapirsang, mening ham yoshim bir erga borib qoldi. Bolalaring bo‘lsa, ular mening ham bolalarim», – dedilar... Alloh menga Abu Salamaning o‘rniga undan yaxshi zotni – Rasulullohni berdi». Imom Termiziy Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Alloh taolo: – Ey o‘lim farishtasi, sen bandam farzandining, ko‘zi qorachig‘ining, qalbi samarasining jonini oldingmi, – deydi. Farishta: – Ha, – deydi. Alloh: – U nima dedi? – deb so‘raydi. Farishta: – Senga hamd va istirjo’ aytdi, – deydi. Shunda Alloh taolo: – Jannatda unga bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar, – deydi», – deganlar. Boshqa bir hadisi sharifda Nabiy alayhissalom: «Birortangizning oyoq kiyimining ipi uzilsa ham istirjo’ aytsin», – deydilar. Demak, kattayu kichik har bir ko‘ngilsiz hodisada sabr kerak: ko‘zining qorachig‘i, jigarbandi, bolasi o‘lganda ham, oyoq kiyimining ipi uzilganda ham. Musibat etgandan keyin darhol istirjo’ aytib, sabr qilish lozim, «Hamma narsa Allohniki va bari Allohga qaytadi» degan e’tiqodni mahkam tutish kerak. Yuqorida zikr etilgan mashaqqatlarning, shahidlikning, Alloh yo‘lida qatl etilishning, xavfu xatarga, ochlikka uchrashning, molu jonga va mevalarga nuqson etib, zarar ko‘rishlarning va ularga sabr qilib, istirjo’ni aytib, uning ma’nosini aqiyda etib yashashning mukofoti kelasi oyatda zikr qilinadi: أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ 157. Ana o‘shalarga Robblaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar, o‘shalargina hidoyat topganlardir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 183 | Dolzarb savollar