Tilla taqinchoqni sotish uchun do‘konga topshirish

Assalomu alaykum! Men, turmush o‘rtog‘imning tilla taqinchog‘ini sotish uchun, tilla oldi-sotdi bilan shug‘ullanadigan do‘koni bor akaga, 1 grammini 400.000 deb kelishib tashlab keldim. Ular uni sotib berishga rozi bo‘ldilar. Vaqt o‘tib tilla taqinchoq sotildi. Amalga oshirilgan ishimiz dinimiz talablariga muvofiqmi? Yo‘q bo‘lsa, buni to‘g‘rilash iloji yoki ko‘rsatmalari bormi? Aslida buyumni, farzandimizga dori olish uchun sotgandik. Avvaldan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar do‘konchini vakil qilib topshirgan bo‘lsa, joiz. Nasiyaga ularga sotib kelgan bo‘lsa, ribo bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar