Paypoqsiz namoz

Assalamu alaykum! Yaxudlarga xilof ish qilinglar. Chunki, ular na kavushlari bilan va na maxsilari bilan namoz o‘qishadi», dedilar. Ba’zan namozda turgan hollarida oyoq kiyimlarini echib qo‘yib, namozlarida davom etardilar. Bu saxix xadismi va saxix bo‘lsa shunga binoan paypoqsiz namoz o‘qish tushuniladimi yoki oyoq kiyimsizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu hadisi sharif yahudiylarga xilof qilish uchun goh-gohida na’l yoki mahsida namoz o‘qish mustahabligiga dalolat qiladi. Zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyoq kiyim bilan namoz o‘qiganliklari ham, oyoq kiyimsiz namoz o‘qiganliklari ham rivoyat qilingan. Ushbu hadisda paypoq zikr qilinmagan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar