Kitob savdosi haqida

Assalomu alaykum! Men meditsina universitetida o‘qiyman. Bizda talabalar ko‘p kitob yo‘qotishadi. Shu kitobilani topib olgan odamlar tabiiyki sotib yuborishadi. Ba’zi odamlarda bizning universitetim kutubxonasi pechati bor kitoblar yurishadi. Ular u kitobilani topib olganmi yoki sotib olganmi bu noaniq? Bunda albatta kutubxona xodimlarining aybi ham bor. Chunki ular pora olib talabalarga kerakli kitoblarni maxfiy berishadi. Savolim, biz albatta bu kitoblar kerak bo‘lgani uchun sotib olishimiz mumkinmi? Chunki biz kitoblarimizni yo‘qotib olganmiz. Shunday bo‘lgani uchun uning o‘rniga u kitobilani boshqa erdan topish mushkul? Albatta uning egasi universitetimiz kutubxonasi. Unga qaytarishimiz vojibmi? Axir biz sotib olgan bo‘lsakchi? Chunki ular o‘zlarining aybi bilan bu kitoblar boshqalar qo‘lida sotilyabdi? Shu vaziyatga oydinlik kiritib bersangizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘g‘irlanganligi va birovniki ekanligi aniq bo‘lsa olishingiz joiz emas. Olgan bo‘lsangiz kutubxonaga qaytarishingiz shart. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 202 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar