Xomilador ayolga ro‘za tutish joizmi?

Assalomu alaykum! 3 oychalar oldin turmushga chiqqanman. Alhamdulillah 2 oylik homiladorman va meditsina talabasi hamman. Qaynonam va turmush o‘rtog‘im boshidan namoz o‘qigani qo‘ymadilar lekin tushuntirdim namozlarda bardavonman. Endi esa qaynonam va turmush o‘rtog‘im ro‘za tutishimga ham qattiq qarshilar. Lekin "baxtiyor oila" kitobida homilador ayolga ro‘zaning yarimi farz qilinganligini o‘qiganman. Iltimos ro‘zaning yarimi qay tartibda tutish joiz ekanligini tushuntirsangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ramazon oyida ro‘za tutsangiz o‘zingiz va homilangizga zarar etishidan qo‘rqsangiz homiladorlikdan keyin imkon bo‘lishi bilan qazosini tutib berasiz. Agar ro‘za homilaga zarar bermaydigan bo‘lsa o‘z vaqtida tuting. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar