Poddelka mahsulot sotish

Assalamu alaykum ustozlar! Alloh taolo ilmingizni bundanda ziyoda qilsin! Savollar: 1) Hozirda yurtimizdagi ko‘p brend yoki yaxshi sifatdagi chet el mahsulotlarini "poddelka", "kopiya" variantlari bor, shu kopiya mahsulotlarini sotib pul topsa bo‘ladimi? Masalan, Azelit degan qozon, gaz plitadagi qoldiq yog‘, kirlarni eritib tozalovchi mahsulot bor, hozirda shuni poddelka kopiya variantlari ko‘payib ketgan, va originalidan arzon chiqarilmoqda yurtimizda. 2) Men o‘sha Azelitni poddelka, ko‘piya variantidan internetda (Uzum Marketda) 50 tacha sotudm, shu pulim halolmi yoki yo‘q? Agar halol bo‘lmasa u pulni nima qilsam bo‘ladi? yoki ishlatsam bo‘ladimi? 3) Bir o‘rtog‘imni do‘koni bor, Men bu Azelitni poddelkasini yani O‘zbekistonda chiqarilgan variantini (O‘zi Rossiya mahsuloti, lekin ko‘rinishi deyarli bir xil) undan olayotgan edim, 1-2 kun oldin ham 300 ta olib qo‘yudm undan, keyin sotishga shubhalandim, keyin o‘sha 300 tani o‘rtog‘imga sotgim kemayapti qaytarib olasammi desam u mayli dedi, lekin bir tomondan uniyam qiynab qo‘yishim mumkin, lekin menimcha o‘rtoq bo‘lganiga qaytarib oluraman dedi, keyin mabodo uni oladigan bo‘lsa do‘konida sotib yubormoqchi. shu 300 tani ham nima qilsam to‘g‘ri ish bo‘ladi, sotib yuborsam bo‘ladimi Uzumda yoki boshqa joyda, yoki umuman sotmasdan ozginasini ishlatib qolganlarini tarqatib yuborsam to‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Soxta mahsulotni soxtaligini aytmay sotish bu molning aybini berkitib xaridorni aldash hisoblanadi. Bundan topilgan pul halol emas. Sizdan xarid qilgan o‘sha insonlarni topib pullarini qaytarib bering. Qilgan ishingiz gunoh, istig‘for ayting. Olib qo‘ygan molingizni qaytarib berishni iloji bo‘lsa qaytaring. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 19:21 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar