Liberal masjid

Assalomu alaykum! Man yaqinda Facebook tarmog‘ida bir yangilikka tushib qoldi. Unda yozilishicha yaqinda Berlinda Liberal masjid ochilibdi. Unda yozilishicha ushbu Masjidda erkak-ayol yonma-yon nomoz o‘qishi, hatto ayol kishi imom ham bo‘lishi va boshiga ro‘mol o‘ramasdan va yana bilaklari ochiq holda namoz o‘qishi mumkin ekan. Bilamizki hech qaysi mazhabda bunday holatda namoz o‘qish joiz emas. Savolim shuki bunday masjidlarga shariatimiz nima deydi? Yoki bu masjidlarga qanday choralar ko‘rish kerak? Bu fitnami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu fitnadan boshqa narsa emas. Agar o‘shani yaxshiroq surishtirsangiz negizi Islomning dushmanlariga borib taqaladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 186 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar