Nomahramlar uchun yasanish
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar, bilamizki ayollar faqat erlari uchun bo‘yanishlari kerak. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, hozirgi kunda ko‘chalarda ko‘ramizki ko‘pchilik ayol-qizlar yasan-tusan qilib yurishadi(nogahon ko‘zim tushadi). Eng achinarlisi bu muslima opa-singillarimizda ham kuzatiladi. Balog‘at yoshiga etgan muslima qizlar ham, hattoki, nomahramlar bilan uchrashish uchun shunday qilishar ekan. Bu kabi illatlar haqida dinimizda qanday ko‘rsatmalar mavjud? Bu haqida hadislar bormi? Zora buni bilib, ta’sirlanib bu ishlarini to‘xtatishsa. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmon shaxs boshqa din vakillari oldida haqir holatda bo‘lib olish ham joiz emas. Bunda dinimizni xunuk va nafratlantiradigan qilib ko‘rsatish bo‘lib qoladi. Shuning uchun toza, dinga targ‘ib qiladigan, shu bilan birga shariat andozasiga muvofiq kiyinish kerak. Ammo erkaklarni o‘ziga jalb qiladigan darajada yasan-tusan qilish va yuziga sun’iy oro berishlar joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar