Qarzni xohlaganda talab qilish

Assalomu alaykum! Qarz xavola masalasida bir domlaning ma’ruzalarida eshitib qoldik, ya’ni bir insonga qarz berib, qarzni bir oyda qaytarishni kelishib olinsa, lekin qarz bergan kishi pulni qarz bergan kunning ertasigayoq qaytarishini talab qilishi joizmi? Maruzada xaqli deyilgan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarz beruvchi qarzini bergan zahotiyoq talab qilishga haqli. Unga muddat belgilagani bilan o‘sha muddat tayin bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar