Taloq mojarosi

Assalomu alaykum! Bir ayol eri uyiga xaftalab kelmasdi, kaynotasi bu dunyoni tark etgan, kaynonasi begona erkaklarni uyiga olib kelib ular bilan mayishat kilardi, ayolni eri esa uyga kelmaganligidan ayoli o‘z shani yomon otlik bulmaslik uchun eriga bu xolatni tushuntirsa eri bila turib chora ko‘rmas edi. Ayol eriga shu gaplarni aytgani uchun kaynonasi o‘rtalarida ziddiyat kelib chikardi. Ayol bu xolatda eri bilan ajrashishni ixtiyor kilib uyiga keldi va ular konuniy ajrashishdi . Eri ayolga karata o‘zing shuni xoxlading deya ajrimga ko‘l ko‘yib ajrashishgan. Bu xolatga uch ëki to‘rt yil bo‘ldi. Ayol boshka inson bilan oila kurishi mumkinmi. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ajrashayotganda “qayta yashamaslikka rozimisiz” degan “Ha” deganmi? «o‘zing shuni xoxlading» bu gapidan maqsadi taloq bo‘lsa taloq tushgan. Agar taloq yoki taloqqa dalolat qiluvchi biror gap aytilmagan bo‘lsa oraga taloq tushmaydi. Bu holatda ayol o‘sha odamdan albatta talog‘ini olishi va uch hayz ko‘rib poklangunicha iddasini o‘tirishi shart. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar