Dinining qaysiligiga qaramay musulmon Alloh yo‘lida sadaqa qilishi

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz men ko‘chada bir faqir insonni ko‘rdim va u tilanchilardan ekan. Men uni qaysi dinligigiga qaramay unga Alloh yo‘lida sadoqot ulashdim. Shunday qilsa bo‘ladimi yoki bu noto‘g‘rimi? Chunki u inson kofir bo‘lishi ham mumkin Allohu a’lam. Shu to‘g‘risida menga sahih hadis yoki oyatlardan yozib bersangiz, toki men ishim to‘g‘riligiga amiyn bo‘lsam. Sizga oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Farz va vojib bo‘lmagan, ixtiyoriy sadaqani g‘ayridinga bersa ham bo‘laveradi. Ishingiz to‘g‘ri.

26 May 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar