Biznesga tikilgan mablagdan Zakot berish masalasi

Assalomu alaykum! Shu yilning yanvar oyida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida $7200 dollarga ishlab chiqarish uskunasi sotib oldim. Uskunani o‘rnatish va ishlatishni o‘rganish uchun bir oy vaqt ketdi. Xozirda taxminan 10 mln so‘m atrofida maxsulot ishlab chiqarilgan. Xaridor qidirmoqdaman. Savolim shundan ibortki biznes uchun sarflangan $7200 dollar mablag‘ va xozirda mavjud 10 mln so‘m maxsulotdan zakot to‘laymami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu dastgohning qiymatidan zakot chiqarilmaydi. 10 mln so‘mlik tijorat molingizni boshqa nisobingizga qo‘shib zakotini ado qilasiz. Agar boshqa nisobingiz bo‘lmasa bundan ham zakot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar