Israfil nomi

Assalomu alaykum! Bir necha oy oldin "Adidas" brendi "Israfil" nomli krossovkalar chiqargan edi, bu ko‘plab musulmonlarga yoqmadi (Islomdagi ulug‘ farishtalardan birlarini ismini oyoq kiymga nom qilib berilgani) va ular internetda "Adidas" kompaniyasiga ko‘plab norozilik bildirishti. O‘shanda bir tanishim "krossovkani farishtani ismi bilan atasa uni nima yomon joyi bor? menimcha odamlar noto‘g‘ri qilishyabti" degan edi. Savollim shundayki farishtalarni ismi bilan oyoq kiyimga nom berish qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu farishtalarga nisbatan beodoblik va hurmatsizlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:05 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar