Sadaqani bog‘chaga bersak bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Xo‘jaynim xar kuni ko‘chaga chiqishdan oldin bitta bonka qilib qo‘yganmiz o‘shanga mayda pullarini sadaqa deb tashab chiqib ketadi. Xozirda bolamiz boradigan bog‘chada bolalar uchun idishlar etishmayaptikan. Bolalar idishlarni uchirib sindirib yuborishyaptikan. Uchkan idish ishlatish mumkinmas deb tashab yuborishar ekan. Shunga ashi sadaqa pulini xammasiga bog‘chasiga sinmeydigan yaxshi idishlar olib bersek bo‘ladimi? U pul xozirda 600 000 bo‘pti. Shu pulga kegancha piyola chinni tarelka qilib obermoqchiman. Bo‘loradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sadaqa bu faqir-miskinlarni haqqi. Agar ehson deb niyat qilib tashlangan bo‘lsa bog‘chaga ehson qilishingiz mumkin. «Sadaqa» so‘zi lug‘atda birovni ikrom qilish niyati ila emas Alloh taologa qurbat niyati ila beriladigan narsadir. Bu mano zakot va ixtiyoriy sadaqani o‘zi ichiga oladi.
«Sadaqa» ulamolar istilohida Alloh taologa qurbat hosil qilish niyati ila tiriklik chog‘ida evazsiz mulk qilib berishdir.
Rog‘ib Asfihoniy aytadi: «Sadaqa inson o‘z molidan qurbat niyati ila chiqargan narsadir. Zakotga o‘xshab. Aslida ixtiyoriy mol chiqarishni sadaqa deyiladi. Farz mol chiqarishni zakot deyiladi. Gohida har bir yaxshilik ishni ham sadaqa deyilishi bor.
Agar molni muhtoj kishiga evazsiz mulk qilib berishdan Alloh taologa qurbat hosil qilish ko‘zlansa, sadaqa bo‘ladi.
Agar molni beriladigan shaxs oldiga uni ulug‘lab va mehrini qozonish uchun olib borilsa, hadiya bo‘ladi.
O‘limi oldida mol ulashish atiyyaya bo‘ladi.
Boshqa holatlarda hiba bo‘ladi.
Sadaqaning sadaqa deb atalishiga sabab u o‘z egasining iymoni va niyati sodiqligini tasdiqlashi uchundir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:05 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar