Hayotdagi maqsadimiz

Assalomu alaykum! Men talabaman. Hozirgi kunda aksariyat yoshlarning xayotdagi maqsadini ya’ni (nima uchun yaralganliklarini) yo‘qotib qo‘yganlarini ko‘rmoqdaman. G‘arbdan kelayotgan tushunchalar, faqat bu hayotdan boshqa hayot yo‘q bir marta kelamiz o‘ynab kulib yashab qol degan tushunchalar o‘rnashib qolyapti. Achinarli holat shuki, ba’zi yoshlar Payg‘ambar kimligi va shaxodat kalimasini bilmaydiganlari xam uchrab turibdi. Hayotdagi maqsadlari yaxshi joyga ishga kirsa, uyli-mashinali bo‘sa hamma yog‘i tep tekis bo‘sa bo‘ldi deb o‘ylashadi. Xursand qiladigan tomoni Allohga xamdlar bo‘lsin oramizda Mo‘min- Musulmonlar ko‘payotganidir. Bilishimcha ba’zi chet el davlatlarida masjidlar yoki shunga o‘xshash tashkilotlar odamlarning uylariga yoki gavjum metroga o‘xshash joylarda kitobchalar tarqatishadi. Va buning samarasi haqida bitta bo‘lgan voqea eshitgandim. Xozirgi biz kelajak yoshlarga shu hayotdagi maqsadimiz Alloh borliqni nega yaratganini, jinlar va odamlarni nega yaratganini bilib olishimiz uchun, uncha katta bo‘lmagan kichik hajmdagi kitobchalar ommaga tarqatilsa yaxshi bo‘lar edi deb o‘ylayman.   2) Bilamizki dinimizda da’vat har bir musulmon uchun farz. Va biz yoshlarga qanaqa va qaysi uslubda da’vat qilish haqida maslaxat bersangizlar. (Uyda, qo‘ni-qo‘shni, maxallada, do‘stlar orasida va boshqa joylarda). Ilmsizlik qilib noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam sizlardan ya’na bir bor uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar ko‘chada yuribsizlar bolalarga nima kerakligini bizdan yaxshi bilasizlar. internetdan ular qiziqtiradigan ma’lumotlarni to‘plab bir kitobcha holiga keltirib bizga jo‘natinglar biz bir qator tekshirib beraylik. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 141 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar