Ikki narsa qoldirib ketayapman degan hadismi
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning men sizlarga Allohning kalomi va o‘zimning sunnatimni qoldiriyapman degan hadislari bormi? Iloji bolsa shu haqida malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Imom Xokim “Mustadrak”larida rivoyat qilib, sahih deganlar. Ibn Xazm ham sahih deganlar.
Qur’oni Karimda ushbu ma’nolardagi oyatlar nihoyatda ko‘p. Ularning hammasi ham Sunnatning Islom shariati uchun ikkinchi masdar ekanligiga dalolat qiladi. Bu masalani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham qayta-qayta ta’kidlaganlar. U zoti bobarakot o‘z hadislaridan birida:
«Sizlarga ikki narsani qoldirdim. Agar ularni mahkam tutsangiz, hech adashmaysiz. Bular Allohning Kitobi va Mening Sunnatimdir», deganlar.
Xuddi shu ma’nodagi juda ko‘p hadislarda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning avval Qur’onni, keyin Sunnatni ta’kidlashlaridan Sunnat shariat uchun Qur’ondan keyingi ikkinchi masdar ekanligi tushuniladi. Bu ikki masdarni oyatda kelganidek mujtahid ulamolar anglab ulardan shariat hukmlarini bayon qilib beradilar, bu haqida Fiqh, usulul fiqh kitoblarida batafsil ma’lumotlar bor. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 137 | Hadislar