Ko‘p savol berish

Assalomu alaykum! Avvalo savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman .Saytdagi"Assalomu alaykum Ustoz. Sog’-omonmisiz? Oila-a’zolaringiz, yaqinlaringiz so‘gmilar?Ustoz, Ruhiy Tarbiya kitobingizdan bir-nechta savollarim bor edi, ijozat bersangiz shularni bersam. (Savollar bir nechtaligi sababli, 3-4 ta postda beraman)Ruhiy Tarbiyaning 1-qismi 272 betida ko‘p savol so‘rayvermaslik aytilgan. Bunga sahobiylarning Payg’ambarimiz sav dan Hak haqidagi oyati tushganda bergan savollarini misol qiladilar. Ya’ni o‘shanda sahoblar "Yo Rasululloh (sav) Haj har yilimi deganda" , "Yo’q" deb javob berganlar. Agar "Ha" deganimda sizlarga qiyin bo‘lar edi deyilgan.SAVOL: Agar shuni sahoblar so‘ramaganida ahvol qanday bo‘lar edi? Umuman olganda "Hamma narsani ham so‘rayvermaslik kerak" deganda nima nazarda tutilgan?Alloh rozi bo‘lsin bergan javobingizdan, Ustoz!" Shu savolga berilgan javobdan to‘liq malumot ololmadin yani ko‘p savol berish deganda nima nazarda tutiladi masalan bir kishi biron ishni qilishi halol yoki harom ekanligini bilmay olamdan o‘tsa u dinini yahshi o‘rganmaganligiga javobgar bo‘lib qolmaydimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu joyda foydasiz ko‘p savol berishdan qaytarilgan. Dinin o‘rganish va halolu haromni ajratish uchun savol berishga Alloh ta’olo buyurgan. Hadisda so‘rashga targ‘ib qilingan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 196 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar