ziyouz haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men ziyo.uz saytining telegram kanalini kuzatib boraman. Bugun bir noxush(mening nazdimda) narsaning guvohi bo‘ldim. Ushbu kanalda «Olamning yaratilishi» mavzusida «Qissasi Rabg‘uziy»dan iqtibos keltirilgan ekan. Lekin, men shayx Hazratlarining bu kitobni o‘qish yo o‘qimaslik haqidagi salbiy fikrlari haqida o‘qigan edim. Shuning uchun, ziyo.uz saytiga bu haqida savol berdim. Sizlarga beradigan savolim: Mening qilgan ishim to‘g‘rimi? Bu sayt ham islom uz portali tarkibiga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sayt bizning [url=islom.uz portali tarkibiga kirmaydi. Ammo bir ma’lumotni deb salbiy fikrga bormaslik kerak. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 62 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar