G‘amgin holatdaman nima qilay?

Assalomu alaykum! Yoshim 18 da, g‘amgin bo‘lib qolganman. Ota onam bilan ko‘p tushunmovchiliklar bo‘lib turadi sababi shu bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Chunki meni duo qilishmaydi, Qo‘llab quvvatlashishmaydi, birorta ish boshlamoqchi bo‘lsam meni sindirishadi ishonishmaydi. Shu sabab ko‘p xafa bo‘laman va janjallashaman. Keyin noto‘g‘ri ish qilding balki seni o‘ylab shunaqa deyishyotgandir deb o‘ylab qolaman. Lekin nimaga imkon berishmaydi deb siqilaman. Ular duo qilishmasa ham (duo qiling haqqimga deb so‘rayolmayman) ularni kuldurib xursand qilib yursam Alloh baraka beradimi? 2. Yuzimda nur yo‘q balki qilgan gunoh ishlarimdandir, kulsam ham ko‘zim kulmaydi. Yuzim nurli bo‘lishi uchun va g‘amginlikdan chiqish uchun nima qilay? Namozni boshlamoqchiman keyin hayotim yaxshi bo‘lib ketar degan maqsadda. Avvalo Alloh rizoligi uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ota-onangiz sizni shu yoshgacha tarbiyalab, boqib katta qilgani ozmi? Ular sizni qo‘llab-quvvatlashga majbur emas. Sizning oldingizda zarracha ham majburiyati qolmagan. Aksincha, siz ularga boringizni berib bo‘lsa ham rozi qilishga majbursiz. Baraka ota-onaga yaxshilik qilishda.2). Kunlik besh mahal namozlarni to‘kis ado qiling. Avval qoldirgan namozlaringizni qazolarini o‘qib etkazib oling. Natijani ko‘rishga shoshmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:43 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar