Aroq qo‘yilgan dasturxonda

Assalomu alaykum! Aroq ichuvchi odam bilan bir dasturxonda halol luqma egan odamning ham qilgan ibodatlari 40 kun qabul bo‘lmaydimi? Jumada Imomimiz shunday deb aytdilar, kim aroq ichayotgan odam bn bir dasturxonda halol narsa esa aroq ichuvchini ham u bilan birga o‘tirib halol luqma egan odamni ham qilgan ibodati 40 kun qabul bo‘lmaydi deb aytdilar. Shariatimizda bu vaziyatning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tushunmagan bo‘lsangiz kerak. Domla aytgan ayni o‘sha gaplarni bilmaymiz. Lekin musulmon odam Allohning la’nati yog‘iladigan unday joylarga bormaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:44 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar