Ayol haqida

Assalomu alaykum! Ayolni Muqaddas va Jannat onalar oyog‘i ostida deyish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muqaddas so‘zi muborak va barakotli degan ma’nolarini anglatadi. Alloh taolo “Moida” surasida : يَا قَوْمِ ادْخُلُوا الأَرْضَ المُقَدَّسَةَ الَّتِي كَتَبَ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَرْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِكُمْ فَتَنقَلِبُوا خَاسِرِينَ۝ 21. Ey qavmim, Alloh sizga bitgan muqaddas zaminga kiring. Ortingizga qaytmangki, ziyon ko‘ruvchilarga aylanib qolursiz». Bunda Alloh taolo erni shunday ta’riflagan. Shu m’noda iste’mol qilish joiz. 2). Zaif bo‘lsada shu ma’noda bir necha hadis kelgan. عن معاوية بن جاهمة ، عن أبيه، قال : أتيت رسول الله صلى الله عليه وسلم أستشيره في الجهاد فقال النبي - صلى الله عليه وسلم - : ألك ولدان ؟ قلت : نعم . قال : الزمهما فإن الجنة تحت أرجلهما . قال الحاكم : صحيح الإسناد , و لم يخرجاه Muoviya ibn Johima roziyallohu anhumo otasidan rivoyat qiladi :   Otasi : “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jihod haqida maslahat so‘rashga keldim. U zot ota-onang bormi dedilar. Ha dedim. Ikkisi bilan birga bo‘lsa, chunki jannat ularning oyoqlari ostidadir” dedilar. Imom Hokim sanadini sahih deganlar. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar