Ota ona g‘ayridinlar

Assalomu alaykum! Mani dugonamni otasi koreyts onasi rus milattiga mansub. Dugonam islom dinini qabul qilgan. Dugonamni ota onasi juda qarib qolshgan ota onasaini ko‘p bora da’vat qilib ko‘rdi. Ular ota bobolarimiz dinidan qaytolmaymiz deyisharkan. Dugonam ota onam vafot etishsa men qanday yo‘l tutishim kerak deydi. Men ularni oxirgi manzilga kuzatsam bo‘ladimi deydi. Ularni dafn marosimlarini qilsam shirk ishlarga sherik bo‘lib qolmaymanmi, bu ishlarni qilishim joizmi deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiroyli yo‘llar bilan da’vat qiladi, ularni qalbini islomga ulfat qilish harakatida bo‘ladi. Agar iymon keltirmasdan o‘tsa ota-onasining diniga muvofiq ko‘miladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar