Maxr haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayolim bilan nikohim o‘qilayotganda domla maxrini kamroq beribsiz deb bir miqdor belgilangan va yil oxirigacha qilib beraman deb menam ayolim ham rozi bo‘lganmiz. Keyin ayolim bilan gaplashganimda shu meni bo‘ynimdagi qarz, qarzni ado qilmay o‘lsam va sen rozi bo‘lmasang buning uchun javob berishim kerak deganimda ayolim men roziman kerakmas dedi. Men yo‘q bu gap men aytganim uchun emas balki sen o‘zing chin qalbingdan aytishing kerak desam chin ko‘nggildan aytayabman men roziman dedi. Shu vaziyatda bo‘ynimdagi maxrdan qolgan qarz soqitmi yoki barbir berilishi kerakmi ? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haq kelinniki, haq egasi haqqidan voz kechishi bilan u soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar