Erning xotiniga zulmi

Assalomu alaykum! Men o‘z ayollik vazifamni qo‘ldan kelgancha ado etyabman. Lekin erim shunga qaramay dindan chiqqan holda meni boshqa narsalarga ya’ni islomda xarom qilingan tomondan meni majburlaydi. Men bu narsani xaromligini bilganim uchun bu narsaga qarshiman. Erim esa har xil gaplar bilan qarg‘ab g‘azablanadi. Doimiy noshukur holatda. Mening havotirim shundaki men erimning qarg‘agani uchun Ollohdan qo‘rqaman. Aytganini qilmasam gunohkor hisoblanmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga zid ishda erga itoat qilish yo‘q. Uni qarg‘ashini hech qanday e’tibori yo‘q. Aksincha o‘sha ishni qilmaganingiz uchun barcha qarg‘ishlari o‘ziga tegadi. O‘sha qarg‘ishlar tegmaganida inson o‘z jufti halolini shunday ishlarga majburlarmidi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:31 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar