Ehson Halol va harom
Assalomu alaykum! Men xali xech qayerda ishlamayman va meni moddiy tomondan ota-onam taminlayli. Masalan xar oy malum miqdorda menga pul berishadi. Men shu puldan exson qilsam bo‘ladimi va buni ajri kimga qanaqa bo‘ladi. Ota-onam xam ajridan manfftdor bo‘lishadimi? 2-savol: Kassobdan go‘sht olayotkanda yaxshi joyidan bering mexmon kelyapti shunga chiroyli qilib bering deb yoki boshqa sabablar aytib o‘zimiz uchun olsak buni xukmi qanaqa. Chunki qassob kamdan kam xolda go‘shtni yaxshi qilib beradi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘z ehtiyojlaringizdan tashqarisini ehson qilishingiz mumkin, ammo ehson qilib yuborib, keyin o‘zingiz muhtoj bo‘lib uydagilarni qiynab qo‘ymang. Ota-onangiz sizga berganiga ular ham savob olishadi.2). Mehmon kelmayotgan bo‘lsa mehmonga deb yolg‘on gapirmang. Chiroyli qilib olsangiz narxini ham o‘shanga yarasha qilib to‘lasangiz bo‘ladi. Lekin yolg‘on gapirish mumkin emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar