Pul yig‘ib xarajat qilish

Assalomu alaykum! Biz hozirda talabamiz va ijarada turamiz. Oziq-ovqat uchun haftada bir marta hammamiz teng miqdorda pul yig‘ib xarajat qilamiz. Bazi talabalarning oilasidagilar kredik magazinlarida, banklarda riboga bevosita bog‘liq bo‘lgan sohalarda va shariatimizda joiz bo‘lmagan bazi sohalarda ishlashadi. Savol shundaki talabalar xarajatga pul yig‘ganda nojoiz yo‘llar bilan topilgan pullar ham qo‘shilib ketish ehtimoli bor. Bazilar bunga etibor berishmaydi. Biz bu yig‘ilgan pullarga olingan mahsulotlarni istemol qilishimiz joizmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umumiy ymg‘ilgan mablag‘ni aksari halol puldan bo‘lsa, u taomdan eyish joiz. Aksincha bo‘lsa, u yig‘maga pul bermaslik kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 135 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar